AsosiyJinoyat

Buxoro va Samarqandda fuqarolarni texnikumga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Buxoro va Samarqandda fuqarolarni texnikumga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Buxoro tibbiyot texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand temir yo`l texnikumi o`qituvchisi K.A. fuqaro Sh.ni 800 AQSh dollari evaziga ushbu texnikumiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, shundan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar