AsosiyJinoyat

Gulistonda kredit mablag`ini o`zlashtirgan soxta eksportchi aniqlandi

'Gulistonda kredit mablag`ini o`zlashtirgan soxta eksportchi aniqlandi'ning rasmi

Departamentning Guliston tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B” MChJ rahbari F.X. tanishi J.N. bilan oldindan o`zaro jinoiy til biriktirib jinoyat sodir etgani aniqlandi. U o`zi rahbarligidagi “B” MChJ nomiga “qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish va eksport qilish” uchun bank muassasasidan ajratilgan 1 mlrd. so`m kredit mablag`larini belgilangan maqsad uchun sarflamasdan naqdlashtirish orqali foydalanib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar