AQShning markaziy, sharqiy va janubiy qismlarida 285 mingdan ortiq kishi elektr ta`minotisiz qolgan. Bu haqda Qo`shma Shtatlardagi elektr ta`minotidagi uzilishlarni kuzatuvchi PowerOutage.US portali.
Qayd etilishicha, tabiiy ofatlardan eng ko`p Tennessi shtati jabr ko`rdi – u erda 150 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi. Shuningdek, bo`ron Ogayoda 60 000 dan ortiq, Kentukkida 19 000 ga yaqin, Arkanzasda 17 000 dan ortiq va Texasda 37 000 dan ortiq odamni elektr energiyasidan mahrum qildi.
Yomon ob-havo tufayli avtomobil va havo aloqalari jiddiy murakkablashdi. Payshanba kuni tushdan keyin AQShda 6000 dan ortiq reyslar bekor qilindi.
Texas, Kanzas va Oklaxoma shtatlari payshanba va juma kunlari darslarni bekor qildi. Nyu-Meksikoda ba`zi sudlar yopildi.
Alabama shtatida bo`ron momaqaldiroq va tornadoga sabab kamida to`rt kishi jarohat oldi.






