AsosiyDunyo

Chexiyada koronavirusga qarshi emlanmagan aholi uchun ham cheklovlar bekor qilinadi

'Chexiyada koronavirusga qarshi emlanmagan aholi uchun ham cheklovlar bekor qilinadi'ning rasmi

9-fevraldan boshlab Chexiya hukumati koronavirusga qarshi emlanmagan respublika aholisi uchun jamoat joylariga borishga qo`yilgan barcha cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda bosh vazir Petr Fiala so`zlariga tayangan holda korrespondet xabar beradi

“Hukumat epidemiologik vaziyatning hozirgi rivojlanishini inobatga olib, 9-fevraldan boshlab restoranlar, xizmat ko`rsatish va servis sohalari, shuningdek, madaniyat  hamda sport tadbirlariga kirishda emlash guvohnomasi yoki kasallik haqida tibbiy ma`lumotnoma ko`rsatish majburiyatini bekor qiladi”, dedi bosh vazir.

Bosh vazir ta`kidlashicha, hukumatning normal hayot sari navbatdagi qadami ish joylari va maktablarda ommaviy test sinovlarini bekor qilish bo`ladi. 18-fevraldan boshlab bu qoidani bekor qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Daniya koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan barcha cheklovlarni bekor qilgan Evropadagi dastlabki mamlakatga aylangan edi.

    Boshqa yangiliklar