AsosiyDunyo

Kaliforniyada avtobus o`qqa tutildi. Halok bo`lganlar bor

'Kaliforniyada avtobus o`qqa tutildi. Halok bo`lganlar bor'ning rasmi

Amerikaning Kaliforniya shtatidagi Orovil shahrida jamoat transportida sodir bo`lgan otishma natijasida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, otishma oqibatida yana to`rt kishi yaralandi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, gumonlanuvchi to`pponchadan mahalliy maishiy xizmat do`koni oldida turgan avtobusga qarata o`q uzgan.

Qurbonlar orasida 11 yoshli bola, 25 yoshli homilador ayol va 30 va 32 yoshli ikki erkak bor. 

Polisiya 21 yoshli otishmani sodir etgan shaxsni hibsga oldi. U voqea sodir bo`lganidan keyin u qochishga uringan. Polisiya xodimlari zudlik bilan uni to`xtatgan va qurolsizlantirishga muvaffaq bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar