“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududiga Turkmanistondan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda.
O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati ko`tariladi va 12-17° iliqni, ba`zi joylarda 19° iliqqachani tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






