Uzbekistan Airways Express 2022-yil 4-fevral kuni «Sharqiy» xab loyihasi doirasida Namangan – Omsk – Namangan va Namangan – Novosibirsk – Namangan yo`nalishlari bo`yicha ilk parvozlarni amalga oshirdi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Namangandan Omsk va Novosibirskka muntazam qatnovlar «to`liq ekonom» formatida payshanba kunlari amalga oshiriladi.






