Toshkent metropolitenining "Xalqlar do`stligi" va "Milliy bog`" bekatlari oralig`ida 5 fevral kuni poezd to`xtab qoldi. Bu haqda Poytaxt metropoliteni axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, soat 19:27 da Toshkent metropolitenining "Xalqlar do`stligi" va "Milliy bog`" bekatlari oralig`ida harakatlanib kelayotgan 4-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan va poyezd harakatdan to`xtagan.
Shu vaqt mashinist kerakli chora-tadbir qo`llab, harakat tarkibi "Milliy bog`" bekatiga olib kelingan va barcha yo`lovchilar bekatga tushirilgan. Ushbu poezdga yordam ko`rsatish maqsadida keyingi navbatda harakatlanayotgan poezd ham yo`lovchilarni «Milliy bog`» bekatida qoldirgan va ta`mir uchun "Chilonzor" elektrdeposiga yo`naltirilgan.






