AsosiyJamiyat

Prezident Pekindan Toshkentga qaytib keldi

'Prezident Pekindan Toshkentga qaytib keldi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 4 fevral kuni 2022 yilgi qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga jo`nab ketgan edi.

Davlat rahbari u erda tog` chang`ichimiz Komiljon To`xtaevni shaxsan qo`llab-quvvatladi. Shuningdek qishki Olimpiya o`yinlarining ochilishiga bag`ishlangan tadbirlar doirasida qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan muloqot qildi.

5 fevral kuni Pekin shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan hamda Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashdi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoevning Pekin shahriga amalga oshirgan tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar