AsosiyJamiyat

Namanganda beton to`siqqa urilgan avtomashina yo`lovchisi shifoxonada vafot etdi

'Namanganda beton to`siqqa urilgan avtomashina yo`lovchisi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Halokat 2022 yil 30 yanvar kuni soat 03:20 larda, Farg`ona halqa yo`lining 34-km.da, Orom MFY hududida sodir bo`lgan.  Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan fuqaro "Spark"  avtomashinasini Namangan-Toshkent yo`nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`rtasidagi beton to`siqqa urilgan. Bu haqda viloyat IIA Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, avtomashinada bo`lgan yo`lovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, qo`shma shikast tashxisi bilan shifoxonada ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shu yil 1 fevral kuni shifoxonada vafot etgan. Uning 2000 yilda tug`ilgan qizi peshona sohasi yirtilishi, chap oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan, yana bir yo`lovchi Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan qiz bosh miya yopiq shikasti, qo`shma shikast tashxisi bilan, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro ko`krak qafasini ezilishi, o`ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2022 yil 1 fevral kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar