O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 142 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 3 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong`inlarda 579 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 670 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi fuqaro T.Olimovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 150 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi U.Raxmonovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 120 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda xovlisida turgan «Damas» rusumli avtomobili yonib zararlangan.
Farg`ona viloyati Farg`ona shahrida yashagan fuqaro F.Alimov uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 1 kv. metr maydonda ko`rpa-to`shagi yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida uy egasini tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.
OLIMLAR AYoLLAR SEMIRIB KETMASLIK UChUN NEChA SOAT UXLAShLARI KERAKLIGINI ANIQLADIhttps://t.co/urbcEwBIAA pic.twitter.com/okorjFFdSf
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.
26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...11.10.2021, 12:16
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...04.10.2021, 16:00
Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand shahar Bag`dod ko`chasida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong`in ro`y berdi. Bu haqda FVV Axborot...