AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 ta avtomobil o`zaro to`qnashdi

'Toshkentda 4 ta avtomobil o`zaro to`qnashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Olmazor tumanida sodir bo`lgan 4 ta avtomobil ishtirokidagi YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 

️Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 6 fevral kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko`chasida haydovchilar:

1) 1993 yilda tug`ilgan J.O. boshqaruvidagi "Mercedes Benz" rusumli yuk avtomobili;

2) 1966 yilda tug`ilgan R.G. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli;

3) 1989 yilda tug`ilgan A.U. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli;

4) 1998 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvida bo`lgan "Hyundai Sonata" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida, "Lacetti" rusumli avtomobilda bo`lgan ikki nafar yo`lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

️Hozirda ushbu YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar