️Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i asosida 1 fevraldan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida yuritiladigan 26 turdagi tibbiy hisob jurnallaridan 14 tasi qoldirilgani, shundan ham 10 tasi soddalashtirilgani haqida xabar bergan edik.
Endilikda amaliyotda quyidagi tibbiy hisob jurnallari yuritiladi:
Shifokorning kundalik qabul jurnali;
Akusher-ginekologning kundalik qabul jurnali;
Shifokorlik maslahat komissiyasi xulosalarini qayd etish jurnali;
Mehnatga layoqatsizlik varag`ini qayd etish jurnali;
Muolaja xonasida qon namunalari olishni qayd etish jurnali;
Fizioterapiya hamshirasining kundalik qabul jurnali;
Asbob-uskunalarni zararsizlantirishga topshirish va qabul qilish jurnali;
Oila hamshirasining kundalik faoliyat jurnali;
Dori vositalari, diagnostikum, reaktiv va tibbiy buyumlarni miqdoriy hisobga olish jurnali;
Muolajalarni qayd qilish jurnali;
Yuqumli kasalliklarni qayd etish jurnali;
Emlashni qayd etish jurnali;
Oila pasporti (028-h/sh);
Laborator tahlillarni qayd etish jurnali (034-h/sh).
️Eslatib o`tamiz: birlamchi tibbiyot muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan tibbiy hisob hujjat shakllaridan foydalanish qat`iyan man etiladi.






