Polshada ombor ishchisi (qadoqlovchi, saralovchi, skanerlovchi) vazifasiga O`zbekiston fuqarolari taklif etilmoqda.
Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabardor qildi.
Qayd etilishicha, 700-1000 AQSh dollari miqdoridagi oylik maosh to`lanadi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar quyidagilar:
- 18-55 yoshgacha bo`lishi;
- maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
- rus yoki ingliz tilida muloqot qila olishi;
- sudlanmagan bo`lishi.
Ro`yxatdan o`tish va qo`shimcha ma`lumot uchun.
Murojaat uchun: 1282 (qisqa raqami) yoki 71 202-33-55.






