AsosiyJamiyat

"Bu qiliqlar bizni beburd qilib qo`ymoqda" Olimjon O`sarov faxriy jurnalistlar qo`liga "tegmayotgan" gazetalar haqida so`z ochdi

'"Bu qiliqlar bizni beburd qilib qo`ymoqda" Olimjon O`sarov faxriy jurnalistlar qo`liga "tegmayotgan" gazetalar haqida so`z ochdi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov faxriy jurnalistlar qo`liga "tegmayotgan" gazetalar haqida so`z ochdi.

Qayd etilishicha, yangi yil arafasida faxriy jurnalistlarni muborakbod etish va ularga o`ziga xos tuhfa hozirlash maqsadida maxsus tabriknomalar yozilgan va unga qo`shib, 100dan oshiq faxriylar "Hurriyat" gazetasiga bepul obuna qilingan. Bu boradagi kvitansiyalar tabriknoma ichida jo`natilgani, biroq gazetalar ba`zi hududlarga etib bormayotganini aytadi Olimjon O`sarov.

"Bu o`ziga xos tabrik jurnalistlar tomonidan ajoyib tarzda kutib olindi, biz ham bundan mamnun bo`ldik. Afsuski, fevral oyi boshida ayrim faxriy jurnalistlarimizdan gazetalar o`z vaqtida etib bormayotgani haqidagi e`tirozlarni eshita boshladik",-deydi u.

Ma`lumotga ko`ra, "Hurriyat" gazetasi va "O`zbekiston pochtasi" o`rtasida bu borada shortnoma tuzilgan. Unga ko`ra, manzillari ko`rsatilgan faxriylarga pochta tomonidan gazetalar o`z vaqtida etkazib berilishi lozim bo`lgan.

"O`rganish jarayonlarida ayon bo`ldiki, aksariyat viloyatlarga gazetalar umuman etkazilgan",-deydi uyushma raisi.

Misol o`rnida, Andijon, Buxoroda, Samarqanddagi aksariyat jurnalistlarga bormagan gazetalar keltirib o`tiladi.

Olimjon O`sarov so`ziga yakun yasar ekan:, "Bu harakatlar bizni beburd qilib qo`ymoqda",-deya ta`kidlaydi.

 O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, shuningdek, mutasaddilardan bu borada zudlik bilan chora ko`rishni so`radi.

    Boshqa yangiliklar