AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori YTHda halok bo`ldi

'Farg`ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

Farg`ona viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Muzaffar Xolmirzaevni YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat DSB xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, u 4 fevral kuni o`zining "Lacetti rusumli avtomashinasida baxtsiz hodisaga uchragan.

Voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo`limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so`ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg`ona filialiga etib borishgan.

"Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko`rilgan choralarga qaramay ushbu xodim vafot etdi.

Boshqarma rahbariyati va xodimlari marhumning xonadonida bo`lib, uning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildirdi",-deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar