AsosiyJamiyat

Toshkentda ichida yo`lovchilari bo`lgan "Isuzu" YTHga uchradi

'Toshkentda ichida yo`lovchilari bo`lgan "Isuzu" YTHga uchradi'ning rasmi

Kecha, 6 fevral kuni ertalab "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi,  59-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi "ISUZU" YTHga uchradi.

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtobus haydovchisi - X.Yo (1966 yilda tug`ilgan, staji 33 yil), Yangi hayot tumani hududidagi Yangi katta halqa avtomobil yo`li bo`ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, "SIMMA" mehmonxonasi qarshisida engil avtomobil siqib ketishi natijasida yo`l chetiga chiqib ketgan va old yon tomoni bilan ustunga borib urilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yo`l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yo`lovchi engil tan jaroxati olgan, shuningdek, jabrlangan yo`lovchilar shifoxonaga etkazilib, tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

"Hozirda, mazkur yo`l-transport hodisasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hamda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining Yo`lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar