Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash bo`yicha “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mazkur tizim orqali hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash 7 ta asosiy yo`nalish va 32 ta indikatorlar asosida 60 ga yaqin davlat organlari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ayrim fuqarolik jamiyatining institutlari tomonidan shakllantirilgan 85 mingdan ortiq statistik ma`lumotlar, 23,5 ming nafar aholi, tadbirkorlar hamda ekspertlar o`rtasida o`tkazilgan ijtimoiy so`rovlarning natijalari tahlil qilindi.
2020 yilda hokimliklarda jami 37,8 mingta majlislarning qariyb 89%da OAV vakillari ishtiroki ta`minlanmagan, jurnalistlarning 66%i hokimliklarning majlislari etarlicha ochiq emasligini ta`kidlashgan.






