AsosiyJamiyat

Qashqadaryodan chigitni olib chiqib ketishga taqiq qo`yganlar iqtisodiyotga va tadbirkorlarga etkazgan zarari uchun qanday jazolandi?

'Qashqadaryodan chigitni olib chiqib ketishga taqiq qo`yganlar iqtisodiyotga va tadbirkorlarga etkazgan zarari uchun qanday jazolandi?'ning rasmi

Shu yilning 4 yanvar kuni Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahriga olib chiqib ketilayotgan chigitning Qashqadaryo hokimining talabi bilan chegarada ushlab qolingani norozilik olib kelayotgani haqida xabar tarqaldi.

 Ushbu holatga Qashqadaryo hokimligi hujjatlarda shubha tug`ilganligi sababli qonuniy ravishda vaqtincha saqlovga olingan deya izoh bergandi. 

Oradan roppa-rosa bir oy o`tib, 3 fevral kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining aralashuvi va ko`rsatmasiga binoan Qashqadaryo viloyatidan chigit olib chiqib ketildi.

Shunga qaramay ijtimoiy tarmoqlarda yana turli savollar va fikrlar bildirilmoqda. Ularda chigitni olib chiqib ketishga taqiq qo`yganlar iqtisodiyotga va tadbirkorlarga etkazgan zarari uchun qanday jazolandi? Chunki bu orada chigit yangi maxsulotga aylanib, allaqachon savdo rastalarida turgan bo`lardi. Qo`mita buni ham oxirigacha olib borishi kerak. Zero qonun ustuvor-jazo muqarrar” deb ta`kidlanadi. 

Qo`mita rasmiy munosabatga qo`shimcha tarzida quyidagilarni ma`lum qildi: 

" -  Qashqadaryo viloyati hokimligiga hamda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qonunbuzilish holatlari bo`lganligi, tadbirkorlik sub`ektlarining chigit mahsulotlarini Qashqadaryo viloyatidan olib chiqib ketishiga to`sqinlik qilmaslik hamda ushbu qonunbuzilish holatlariga kelgusida yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish bo`yicha 2022 yil 12 yanvar kuni 11/2-sonli ish Qo`mita ko`rsatmasi berilgan.

Shundan so`ng yuqorida ko`rsatilgan tadbirkorlar tomonidan joriy yil 20 yanvar kuni o`zlariga tegishli bo`lgan chigit maxsulotlarini Kashqadaryo viloyati xududidan olib chiqib ketilgan. Tadbirkorlar tomonidan Qo`mitaga e`tiroz yo`qligi, ular o`z mahsulotlarini aynan Qo`mitaning aralashuvidan so`ng olib chiqib ketilganligi xaqida ma`lum qilishgan.

Bu borada shuni ma`lum qilamizki, Qo`mita tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilgan yoki buzilmaganligi aniqlanib, ish qo`zg`atiladi va qonun buzilishiga yo`l qo`yganlarga nisbatan (Qashqadaryo viloyati hokimligi va Qashqadaryo viloyati IIB ga) ko`rsatma xati yuboriladi (Qo`mita jazoga tortish, jarima qo`llash yoki boshqa javobgarlik belgilash vakolatiga ega emas).

Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat to`g`risidagi qonunchilikni buzuvchi harakati (harakatsizligi) tufayli xo`jalik yurituvchi sub`ektga yoxud boshqa shaxsga zarar etkazilgan bo`lsa, u holda mazkur zararning o`rnini qoplash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkor sudga murojaat etishi mumkin," deyiladi qo`mitaning rasmiy munosabatida.

    Boshqa yangiliklar