AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qariyib 4 ming kilometr yo`lni bosib o`tadigan poezdning birinchi reysi amalga oshirildi

'O`zbekistonda qariyib 4 ming kilometr yo`lni bosib o`tadigan poezdning birinchi reysi amalga oshirildi'ning rasmi

2022 yil 5-7 fevral kunlari 654/653 - sonli yo`lovchi poezdlari “Qo`ng`irot-Namangan-Andijon-Qo`ng`irot” yo`nalishida birinchi reysini amalga oshirdi. 

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” kompaniyasining ma`lum qilishicha, bunday uzoq masofaga harakatlanadigan poezdlar qatnovi O`zbekistonda ilk bora yo`lga qo`ldi.

 Qo`ng`irotdan mazkur poezdda yo`lgan chiqqan yo`lovchilar respublikaning Xo`jayli, Nukus, Uchquduq, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Namangan shaharlaridan o`tib, Andijon shahriga, shuningdek, Andijondan yo`lga chiqqan yo`lovchilar ham ushbu shaharlar orqali o`tib Qo`ng`irotga etib boradi.

 Mamlakatning 8 ta hududini o`zaro bog`laydigan bunday transport qatnovini yo`lga qo`yishdan ko`zlangan asosiy maqsad, eng avvalo yo`lovchilarga, ayniqsa, Qoraqalpog`istonda istiqomat qilayotganlarning vodiy viloyatlariga, xuddi shuningdek, vodiy viloyatlari hamda respublikamizning boshqa shahar va tumanlaridan Orol bo`yi hududlariga borib kelishlari uchun arzon va qulay transport xizmatlarini ko`rsatishdir. 

Eng asosiysi, ushbu yo`nalishda poezdlar qatnovining yo`lga qo`yilishi, ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun ham juda katta imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari Qo`ng`irot, Xo`jayli, Uchquduq, Namangan temir yo`l vokzallarida ishchi xodimlarni doimiy ravishda ish bilan ta`minlash imkonini beradi. 

Ushbu poezdlar harakat jadvaliga ko`ra shanba kunlari Qo`ng`irotdan, yakshanba kunlari Andijondan qatnovini amalga oshiradi. 

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarning talablariga qarab, kelgusida ushbu yo`nalishda poezdlar qatnovini ko`rpaytirish ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar