AsosiyJamiyat

Nega "Damas"ning jarimasi "Lada Largus"ga yuborildi? YHXBB aniqlik kiritdi

'Nega "Damas"ning jarimasi "Lada Largus"ga yuborildi? YHXBB aniqlik kiritdi'ning rasmi

4 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda "Lada Largus" rusumli avtomobil haydovchisi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik holati bo`yicha "Damas" rusumli avtomobil egasiga nisbatan jarima solish to`g`risidagi qaror chiqarilganligi aks etgan surat va izoh tarqaldi.

Mazkur xabar o`rganilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV JXX YHXB mas`ul xodimi tomonidan xatolikka yo`l qo`yilgani, deb xabar bermoqda YHXBB. 

2022 yilning 6 dekabr kuni soat 14:57da Qoraqalpog`iston Respublikasi, To`rtko`l tumani hududidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 568-569,8-kilometrlari oralig`ida, "Lada Largus" rusumli, 90U918KA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi 70 km/soat tezlik chegaralangan joyda 84 (84-5=79) km/soat tezlikda harakatlanganligi maxsus moslama yordamida qayd etilgan bo`lib, qayd etish vaqtida avtomatik tarzda 90U918KA davlat raqam belgisidagi "9" raqami "7" bo`lib, 70U918KA tarzida noto`g`ri qayd etilganligi, mas`ul nazoratchi xodimning e`tiborsizligi sabab, ushbu jarima "Damas" rusumli, 70U918KA davlat raqam belgili avtomobil mulkdorining yashash manziliga yuborilganligi ma`lum bo`ldi.

Ayni vaqtda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan "Damas" rusumli, 70U918KA davlat raqam belgili avtomobil mulkdoriga nisbatan tasdiqlangan jarima solish to`g`risidagi qaror belgilangan tartibda bekor qilinib, "Lada Largus" rusumli, 90U918KA davlat raqam belgili avtomobil mulkdori A.B.ga nisbatan tasdiqlangan.

Shuningdek, ushbu xatolikka yo`l qo`ygan nazoratchi mas`ulga nisbatan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV JXX YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar