AsosiyJamiyat

Bir necha yil Rossiyada ishlab qaytgan surxondaryolik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

'Bir necha yil Rossiyada ishlab qaytgan surxondaryolik fuqaro 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Fuqarolik ishlari bo`yicha Denov tumanlararo sudining 2016 yil 31 oktyabrdagi buyrug`iga asosan, fuqaro F.T.dan bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ammo qarzdor ota aliment pulini to`lashdan bosh tortib xorijga ketib qolgani sababli unga nisbatan ikki yil muqaddam qidiruv e`lon qilingan.

Ma`lum qilinishicha, bir necha yillar davomida Rossiyada ishlab qaytib kelgan ota yolg`iz farzandiga jami 27 million 900 so`m aliment pulini to`lashdan bosh tortgani sababli sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ta`kidlash joiz, ushbu ma`muriy jazodan o`ziga tegishli xulosa chiqarmay ikki oy va undan ortiq muddatda aliment to`lashdan bo`yin tovlasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar