AsosiyJamiyat

"3 viloyatda ichimlik suvi ta`minoti 60 foizdan kam". Prezident huzurida muhim masalada yig`ilish boshlandi

'"3 viloyatda ichimlik suvi ta`minoti 60 foizdan kam". Prezident huzurida muhim masalada yig`ilish boshlandi'ning rasmi

Prezident huzuridagi yig`ilish boshlandi, deya, xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

"So`nggi besh yil davomida aholi suv ta`minotini yaxshilash bo`yicha 10 trillion so`m yoki oldingi yillarga nisbatan 5 baravar ko`p mablag` ajratdik. Bu davrda ilk bor 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi", dedi davlatimiz rahbari yig`ilish avvalida.

2021 yilda 6300 kilometrga yaqin ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortilgani, 474 ta suv inshootlari qurilgani, 592 ta mahallada 2,5 million aholining suv ta`minoti yaxshilangani ta`kidlandi.

"Eng muhimi, bu ishlar hisobiga 1,5 million aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta`minlandi. Shu bilan birga, hali sohada echimini kutayotgan muammolar ko`p", dedi davlatimiz rahbari

Misol uchun, 4 mingta mahallada ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat beriladi. 1,5 mingdan ortiq mahallada markazlashgan ta`minot yo`lga qo`yilmagan.

Bundan tashqari, 2 mingga yaqin bog`cha, maktab va tibbiyot muassasalari markaziy tarmoqqa ulanmagani bois, suvni tashib kelishga majbur bo`lmoqda.

Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzaxda ichimlik suvi ta`minoti 60 foizdan kam.

    Boshqa yangiliklar