Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda O`zbekiston 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 786 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2020 yil bilan solishtirilganda 7 taga oshgan.
O`zbekiston 2021 yilda yuk avtomobillarini eng ko`p eksport qilgan davlatlar:
🔸Qozog`iston — 569 ta
🔸Qirg`iz R. — 86 ta
🔸Singapur — 71 ta
🔸Afg`oniston — 29 ta
🔸Tojikiston — 10 ta
🔸Ozarbayjon — 8 ta






