AsosiyJamiyat

Buxoro viloyati hokimining dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazgani tasdiqlandi

'Buxoro viloyati hokimining dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazgani tasdiqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqdagi  “Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yig`ilish o`tkazdi” sarlavhali xabar yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazildi. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Buxoro viloyati hokimi tomonidan 2022 yil 6 fevral kuni (yakshanba dam olish kunida) Buxoro, Vobkent, G`ijduvon va Shofirkon tumanlarida uchrashuv o`tkazilganligi sababli mehnat to`g`risidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.

 Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo`l qo`ymaslik, dam olish kunlari ishga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq to`lanishi yoki xodimning istagiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bo`yicha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma ko`rsatma va vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar