Bugun poytaxtimizdagi Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyida O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi o`rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o`tkazildi.
Unda O`zEOAVMA Boshqaruvi raisi Sherzod Qudratxo`ja, Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Xasanov hamda talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Memorandumdan ko`zlangan maqsad, vatanimiz shonli tarixini ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka, jumladan yosh avlod vakillariga etkazishdir. Shuningdek, bu jarayonda hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda xalqaro va respublika (dastur, loyihalar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, uchrashuvlar, rasmiy qabullar, tashriflar va boshqa) tadbirlarida ishtirok etish, ularni nafaqat davlat telekanallari, balki nodavlat teleradiokanallarida ham keng yoritib borish maqsad qilingan. Shu jumladan, qatag`on qurbonlari tarixiga bag`ishlangan turli xil ko`rsatuv, radioeshittirishlar va boshqa turdagi axborot materiallarini tayyorlash va keng jamoatchilikka etkazish nazarda tutilgan.






