AsosiyJinoyat

Jalaquduq tumanidagi 41-maktab direktori pora bilan qo`lga olindi

'Jalaquduq tumanidagi 41-maktab direktori pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi maktab direktori X.S. pora olayotgan vaqtda qo`lga tushdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz’ga xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 1 fevral kuni maktabning Yoshlar ittifoqi etakchisi S.A. va o`qituvchi N.B. arizasiga asosan  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jalaquduq tuman bo`limi xodimlari, viloyat DXX boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari ishtirokida tadbir o`tkazilgan. 

Maktab direktori X.S. o`qituvchi N.B.dan uning boshlang`ich sinflardagi 12 dars soatiga 13 dars soatini qo`shib, jami 25 dars soati qilib berish evaziga 200 AQSh dollari hamda 2022 yil yanvar oyida ishga kelmagan kunlari uchun jami 2.000,0 ming so`m pullarni berishini talab qilib, pullarni o`z xizmat xonasida olgan. 

Shuningdek, direktor X.S. S.A.dan uni shu maktabga ma`naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimiga tayinlash evaziga 200 AQSh dollari talab qilib, shundan 100 AQSh dollarini joriy yilning 25 yanvar kuni olgan. Qolgan 100 AQSh dollarini esa o`z xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, 41-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori X.S. ta`magirlik yo`li bilan takroran pora olishda ifodalangan xatti-harakatlarda gumonlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a,v” bandlariga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

    Boshqa yangiliklar