“Volkswagen Group Rus” kompaniyasining bosh direktori janob Stefan Mechaning O`zbekistonga tashrifi doirasida kompaniya vakillari UzAutoga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida O`zbekistonda Volkswagen va Ckoda avtomobillarini ishlab chiqarish bo`yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Loyiha “Jizzax avtomobil zavodi” bazasida mahsulot turlarini kengaytirish orqali amalga oshiriladi.
Muzokaralar davomida janob Shtefan Mecha Volkswagen avtomobil konserni va Germaniya hukumati O`zbekiston bilan qo`shma loyihalardan nihoyatda manfaatdor ekanligini ta`kidladi. Bu nafaqat avtomobilsozlik sanoatiga, balki O`zbekistonga texnologiyalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, dual ta`lim va soha uchun muhim boshqa yo`nalishlar bo`yicha loyihalarni amalga oshirishga ham taalluqlidir.
Eslatib o`tamiz, 2020 yilda “O`zavtosanoat” AJ va “Volkswagen Group Rus” konserni o`rtasida “Jizzax avtomobil zavodi” MChJda Volkswagen va Ckoda avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha hamkorlik to`g`risida bitim imzolangan edi.






