AsosiyJamiyat

Namanganda Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov o`tkazilmoqda

'Namanganda Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov o`tkazilmoqda'ning rasmi

Namanganda xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasining Amur o`lkasi "Velesstroy"  qurilish kompaniyasiga qurilish sohasida ish o`rinlari bo`yicha tanlov bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi xabar bermoqda. 

 Xabarda aytilishicha, qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni Rossiya Federasiyasiga ishga jalb qilish bo`yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko`ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.

Tanlovda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi 4962-sonli qarori asosida tashkil etilgan Chust tumani 1-son kasb-hunar maktabi bitiruvchilari ham ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar