Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarining beshinchi kuniga kelib AQSh terma jamoasi o`zining ilk oltin medalini qo`lga kiritdi. Ushbu jamoada kun qahramoni snoubordchi Lindsey Yakobellis bo`ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kross big dasturida ishtirok etgan Lindsey ajoyib texnikasi bilan eng yuqori bahoni qo`lga kiritdi. Kumush medal fransiyalik Xloya Trespeshga nasib etgan bo`lsa, kanadalik Mereta Odayn kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Snoubord. Kross big, ayollar:
1. Lindsey Yakobellis (AQSh)
2. Xloya Trespesh (Fransiya)
3. Mereta Odayn (Kanada)