AsosiyDunyo

Shvesiyada koronavirusga qarshi barcha cheklovlar olib tashlandi

'Shvesiyada koronavirusga qarshi barcha cheklovlar olib tashlandi'ning rasmi

Shvesiya hukumati vaksina pasportlarini, jamoat joylarida yig`ilishlarni cheklash va bar hamda kafelarda ish vaqtini qisqartirishni bekor qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda

Qayd etilishicha, 12 va undan katta yoshdagilar koronavirusga qarshi emlanishi kerak. Kasallik belgilari bo`lganlar uyda qolishlari va emlanmagan yoshi katta aholi vakillari ko`pchilikni tashkil etadigan tadbirlarga bormasliklari shart.

Chorshanba kunidan boshlab faqat tibbiyot va ijtimoiy xodimlar hamda eng zaif odamlar kasallik alomatlari paydo bo`lsa, bepul testdan o`tishlari mumkin.

Worldometers xabariga ko`ra, pandemiya davrida Shvesiyada 2,3 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 16,2 mingdan ortiq kasallanganlar vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar