AsosiyJamiyat

"Qurilish, patent, pasport..." Rossiyaga "junashni" niyat qilganlarga ajoyib yangilik ma`lum qilindi

'"Qurilish, patent, pasport..." Rossiyaga "junashni" niyat qilganlarga ajoyib yangilik ma`lum qilindi'ning rasmi

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ajoyib yangilikni ulashdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Moskva, Amur, Kursk viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi.

Xabarda aytilishicha, fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.

 Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.

 Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.

Ishga qabul qilayotgan korxonalar: "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Krokus", "Povoljskoe stroitelnoe predpriyatie", "Rudstroy".

Quyida esa tanlovlar vaqti va hududlar bilan tanishing:

10 fevral

  •  Soat 11:00 da, Farg`ona viloyati,

Manzil: B.Marg`inoniy ko`ch., 4-uy.

Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosi.

 73 244-40-01.

  • Soat 11:00 da, Xorazm viloyati,

Manzil: Urganch sh., Baynalminalchi ko`ch., 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi.

62 229-19-96;

 11 fevral:

  •  Soat 11:00 da, Namangan viloyati,

Manzil: Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.

69 227-94-64, 69 227-97-27.

  • Soat 11:00 da Andijon viloyati,

Manzil: Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi

Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji.

 95 202-33-55;

  • Soat 11:00 da, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Manzil: Nukus sh., Utepova ko`ch., r/u. "Ishga marhamat" monomarkazi

Mo`ljal: "Istiqlol  bog`i" - Kvadrat park.

 55 102-53-32, 55 102-53-34.

    Boshqa yangiliklar