Bugun, 10 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Toshkentning ayrim hududlarida gaz o`chiriladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yangihayot tumani, “Navqiron” mahallasi hududidagi er osti D - 219 mm o`rta bosimli gaz quvuridagi avariya holatini bartaraf qilish ishlari “Yangihayottumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan.
"Shu sababli, 2022 - yil 10 - fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha “Navqiron”, “Ibrat”, “Olchazor” mahallalaridagi 3725 ta xonadonlarda, Sergeli tumani, “Sofdil” mahallasidagi 322 ta erli xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 35 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi",-deyiladi xabarda.






