Joriy yilning 1-19 iyun kunlari O`zbekistonda U-23 Osiyo kubogi bahslari bo`lib o`tadi.
Mazkur nufuzli turnirning qur`a tashlash marosimi joriy yilning 17 fevralida poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o`tkaziladi. Musobaqada 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.
O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun U-23 Osiyo kubogi uchun qur`a savatchalari e`lon qilindi.
Unga ko`ra, O`zbekiston 1-savatchada Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya safida ko`rsatilgan.
2-savatchadan Iordaniya, Tailand, BAA va Eron, 3-savatchadan Iroq, Qatar, Vetnam, Yaponiya, 4-savatchadan bo`lsa, Tojikiston, Malayziya, Kuvayt hamda Turkmaniston jamoalari joy olishgan.






