Xabaringiz bor, joriy yilning 1-19-iyun kunlari U23 Osiyo kubogiga O`zbekiston mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli turnirning rasmiy qur`a tashlash marosimi ham O`zbekistonda o`tkaziladi.
Qur`a tashlash jarayoni “Bunyodkor” stadionida 17-fevral kuni soat 12:00 da boshlanadi. Marosimda 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.
Musobaqa mezboni O`zbekiston U23 terma jamoasi nomi 1-savatchaga joylashadi. Shuningdek, ushbu savatchadan Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya ham o`rin olgan.
Qur`a savatchalari:
1-savatcha
O`zbekiston
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni
Avstraliya
2-savatcha
Iordaniya
Tailand
BAA
Eron
3-savatcha
Iroq
Qatar
Vetnam
Yaponiya
4-savatcha
Tojikiston
Malayziya
Kuvayt
Turkmaniston






