AsosiyDunyo

Ekaterinburgdan Samarqandga parvozlar yo`lga qo`yilishi mumkin

'Ekaterinburgdan Samarqandga parvozlar yo`lga qo`yilishi mumkin'ning rasmi

“Zamon.uz"ning xabar berishicha,“Red Wings” aviakompaniyasi Ekaterinburgdan O`zbekistonga to`g`rida to`g`ri reysni yo`lga qo`yadi. 13 fevraldan aviatashuvchi Urganch,   14 fevraldan esa Samarqandga parvozlarni boshlaydi.

Bu Kolsovo aeroportidan birinchi muntazam xalqaro reyslar bo`ladi, deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida. Parvozlar 100 o`rinli “Sukhoi Superjet” samolyotlarida amalga oshiriladi.

Samolyotlar dushanba kuni Samarqandga, yakshanba kuni esa Urganchga uchadi.

“2021 yildan beri "Red Wings" Ekaterinburgdan O`zbekistonning yirik shaharlariga parvozlarni yo`lga qo`ygan, biroq bu charter reyslar bo`lib, o`rindiqlarni erkin sotmasdan bir mijoz manfaatlarini ko`zlab amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Qo`shimcha qilinishicha, bu charter dasturi muntazam reyslarni amalga oshirish bilan parallel ravishda davom etadi.

Ma`lumot uchun: "Red Wings" bundan oldin Maxachqal`adan Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshlagandi. Bundan tashqari,  “Uzbekistan Airways” Shri-Lankaga charter reyslarni yo`lga qo`yilgandi.

    Boshqa yangiliklar