2022 yil 28 yanvar kuni 36 yoshli T.F. Toshkent viloyati IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil iyul oyida “Facebook” ijtimoiy tarmog`i orqali 38 yoshli Turkiya fuqarosi A.Ch. bilan tanishib qolganligi, shu vaqtdan boshlab u bilan yaqin munosabatlarda bo`lib kelib, A.Ch. uning sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarini o`z uyali aloqa vositasiga yuklab olib, ushbu ma`lumotlarni internet tarmoqlarida tarqatish bilan qo`rqitgani haqida bildirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
U agar ma`lumotlar oshkor bo`lmasligini xohlasa unga 10.000.000 so`m berishini talab qilganligi, o`z navbatida majbur ahvolda qolib, pul tuplab, o`zining ukasi orqali A.Ch.,ga 5.000.000 so`m pullarni taqdim qilib, ushbu holatni telefon apparatiga video tasvirga yozdirib olganligini ma`lum qilib, A.Ch.ga nisbatan tegishli chora ko`rishni so`ragan.
Tergovga qadar tekshirish davomida A.Ch., ning foydalanuvida bo`lgan “SAMSUNG A71” rusumli telefon apparati ko`zdan kechirilganda, telefon apparati xotirasida fuqaro T.F.,ning 64 dona rasmlari borligi aniqlanib, ushbu telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzacho`l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






