AsosiyJamiyat

Jizzaxda kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi

'Jizzaxda kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Jizzax shahar bo`limi tomonidan “Qishloq qurilish bank” Jizzax mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” MChJga bank filialidan korxonaning “Ohak ishlab chiqarish texnologik liniyasini rekonstruksiya qilish” maqsadida ajratilgan 350 mln so`m kredit mablag`ini MChJ rahbari “W.M.” MChJga o`tkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar