Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda O`zbekiston 5 ta davlatga qiymati 555,8 ming AQSh dollariga teng bo`lgan 240 tonna baliq va baliq mahsulotlarini eksport qilgan.
Baliq va baliq mahsulotlari eksporti 2020 yilga nisbatan 84,2 tonnaga oshgan.
2021 yilda O`zbekiston baliq va baliq mahsulotlarini eng ko`p eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Turkiya – 164,4 tonna
— Qozog`iston – 42,3 tonna
— Rossiya – 14,7 tonna
— Tojikiston – 13,1 tonna
— Koreya – 5,6 tonna






