Futzal bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) Bishkekda bo`lib o`tayotgan Markaziy Osiyo futbol Assosiasiyasi (CAFA) chempionati 1-tur o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi.
Unda hamyurtlarimiz Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv 3:1 hisobida hamyurtlarimizning g`alabasi bilan yakunlandi. Daler Eshonqulov ikki marotaba va Samandar Murodqulov bir bora tojikistonliklar darvozasini ishg`ol qildi.
O`zbekiston (U-19) – Tojikiston (U-19) 3:1
Gollar: Daler Eshonqulov 13, 34, Samandar Murodqulov 39 – Jovidon Xushvaqtov 14






