AsosiyDunyo

Amerika va Evropa aviakompaniyalari Ukrainaga parvozlarni bekor qilmoqda

'Amerika va Evropa aviakompaniyalari Ukrainaga parvozlarni bekor qilmoqda'ning rasmi

Kiev va Odessa aeroportlarining onlayn tablosi ma`lumotlarida G`arb aviakompaniyalarining Ukrainaga reyslarini ommaviy ravishda bekor qilgani ma`lum qilindi.

Ta`kidlanishicha, Kievdagi Borispol aeroportiga  Delta Airlines  va KLM reyslarining kelishini bekor qildi. Ryanair aviakompaniyasining Kievdan Poznanga va Odessadan Varshavaga bo`lgan reyslari ham bekor qilingan.

Xabarlarga qaraganda, KLM  12 fevraldan boshlab Ukrainaga parvozlarni to`xtatdi. Bundan tashqari, kompaniya samolyotlari Ukraina havo hududiga kirmaydi. Ukraina aviakompaniyalarining ijaraga olingan samolyotlari ham ijaraga beruvchining iltimosiga ko`ra boshqa shaharlarga qo`nishga majbur. Sug`urta kompaniyalari o`z mijozlariga Ukraina hududida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan hodisalar sug`urta hodisasi sifatida tan olinmasligi haqida allaqachon xabardor qilgan.

Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi hali ham Ukraina bilan parvozlarni to`xtatish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb yozadi RIA Novosti. Shu bilan birga, Infratuzilma vazirligi havo hududi ochiqligicha qolayotganini va davlat aviatashuvchilar uchun xavflarning oldini olish bo`yicha ish olib borayotganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar