Velosport bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari Samandar Sultonov va Davir Abdurahmonovning iqtidoriga guvoh bo`lgan Fransiya klubi ularni o`z tarkibiga qo`shib olish uchun taklif qildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.
Ma`lumotga ko`ra, yoshlar ayni vaqtda Fransiyada bo`lib turibti.
"So`nggi tekshiruvlardan so`ng sportchilarimiz yangi jamoalarida mashg`ulotlarni boshlashadi",-deya qayd etiladi qo`mita xabarida.
Ma`lumotga ko`ra, "Team Culture Velo u19" klubi Tuluza shahrida joylashgan bo`lib, ko`plab iqtidorli yoshlarni tarbiyalab bergan jamoa hisoblanadi.
Ta`kidlanishcha, o`zbek yoshlari u erda Tojikistonda shosseda o`tkaziladigan Osiyo chempionatigacha mashg`ulot olib borishadi. Ular bo`lajak musobaqada ko`ngildagidek ishtirok etib, murabbiylar ishonchini oqlay olishsa, kelishuv yanada uzaytirilishi aytiladi.






