AsosiySport

APL. “Liverpul” va “Nyukasl”dan g`alaba, " Tottenhem" esa mag`lubiyatga uchradi

'APL. “Liverpul” va “Nyukasl”dan  g`alaba, " Tottenhem" esa mag`lubiyatga uchradi'ning rasmi

Angliya Premer-ligasining 25-turidan o`rin olgan bir qator bellashuvlar o`z poyoniga etdi.

Jumladan, “Liverpul” mehmonda “Bernli”ga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahs 1:0 hisobida “qizillar”ning g`alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 40-daqiqada Fabino tomonidan kiritildi.

Saudiyaliklar qo`l ostiga o`tgan “Nyukasl” esa “Aston Villa” bilan bahsda kichik 1:0 hisobida zafar quchdi. Kevin Tripper tomonidan jarima zarbasidan keyingi gol “qarg`alar”ga uch ochko taqdim qildi.

Antonio Konte boshchiligidagi “Tottenhem” esa o`z maydonida “Vulverhempton”ni qabul qildi. Bellashuv kutilmaganda “bo`rilar”ning 2:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi.

APL, 25-tur

Byornli-Liverpul 0:1

Gol: Fabino (40)

Nyukasl-Aston Villa 1:0

Gol: Tripper (35)

Totenhem-Vulverhempton 0:2

Gollar: Ximenes (6), Dendonker (18)

    Boshqa yangiliklar