Xitoy AQShning Pfizer farmasevtika kompaniyasi ishlab chiqargan, Covid-19'ni davolashda ishlatiladigan Paxlovid preparatini ishlatishga favqulodda ruxsat berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi' deya yozmoqda OAV.
Ma`lumotlarga ko`ra, tegishli buyruq shanba kuni Tibbiy mahsulotlar milliy boshqarmasi (NMPA) rasmiy saytida e`lon qilingan.
Xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan Paxlovid Xitoyda foydalanish uchun tasdiqlangan birinchi tabletka shaklidagi Covid-19 preparatiga aylanmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq pandemiya joriy yilda chekinishi mumkinligi, buning uchun yil o`rtalariga qadar har bir mamlakat aholisining 70 foizi emlanishi zarurligini yozgandik.






