Xitoy poytaxti mezbonlik qilayotgan qishki Olimpiya o`yinlari qizg`in pallada. Bugun 4 dasturda Olimpiya chempionlari aniqlanadi. Reglamentga ko`ra, kun davomida bobsley, figurali uchish, fristayl va tramplindan sakrash dasturlarida medallar o`ynaladi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.
Quyida dastur bilan tanishing:
06:15 – Figurali uchish. Muz ustida raqs
08:00 – Bobsley. Ayollar, yakkalik
17:00 – Fristayl. Akrobatika, ayollar
17:05 – Tramplindan sakrash. Erkaklar, jamoaviy






