Seul rahbariyati Ukraina atrofidagi vaziyat diplomatiya va muloqot orqali hal etilishiga umid bildirdi.
Janubiy Koreya hukumati, shuningdek, Evropaga tabiiy gaz etkazib berishni tashkil etish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri ma`lum qildi, deya xabar beradi "RIA Novosti".
"Ukrainaga kelsak, vaziyat noto`g`ri yo`nalishda rivojlanmoqda. Evropaga tabiiy gaz jo`natishni qo`llab-quvvatlash, uni etkazib berishga yordam berish nuqtai nazaridan esa, agar biron bir qiyinchilik bo`lsa, biz bu masalani faol ko`rib chiqamiz. Umid qilamanki, Ukrainadagi vaziyat diplomatiya va muloqot yordamida hal qilinadi”, deydi Chon Iy Yon amerika va yaponiyalik hamkasblari bilan muzokaralar yakunlari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o`tamiz, 12 fevral kuni Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh tashqi ishlar vazirlari o`rtasida muzokara bo`lib o`tgan.






