"PSJ" Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan jiddiy yo`qotishga duch keldi.
Klub rasmiy sayti xabar berishicha, himoyachi Serxio Ramos ushbu bellashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Ispaniyalik himoyachi jarohatdan tiklanishga ulgurmagan.
Shu tariqa, Ramos sobiq klubiga qarshi dastlabki bahsni o`tkazib yuboradi.
Ma`lumot uchun, "PSJ" — "Real" uchrashuvi 15 fevral, soat 01:00da boshlanadi.






