AsosiySport

Pekin-2022: Bugun to`qqizta medallar jamlanmasi o`ynaladi

'Pekin-2022: Bugun to`qqizta medallar jamlanmasi o`ynaladi'ning rasmi

Bugun, 15 fevral Pekinda yakuniga etib borayotgan Olimpiya o`yinlarining 11 kun bahslari bo`lib o`tadi. O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi buni qayd etmoqda.

Reglamentga ko`ra, ushbu kun dasturida quyidagi to`qqiz dasturda medallar o`ynaladi:

07:15 – Snoubord. Ayollar, big-eyr

07:25 – Fristayl, ayollar

08:00 – Tog` chang`isi. Ayollar, tezkor tushish

10:45 – Snoubord. Erkaklar, big-eyr

11:30 – Biatlon. Erkaklar, estafeta

13:20 – Konkida yugurish. Ayollar, jamoaviy ta`qib poygasi

13:45 – Konkida yugurish. Erkaklar, jamoaviy ta`qib poygasi

15:30 – Chang`i ikki kurashi. Erkaklar, katta tramplindan sakrash / 10 km chang`i poygasi

18:50 – Bobsley. Erkaklar, juftlik.

Eslatib o`tamiz, kecha peshqadamlar ro`yxatida o`zgarish kuzatilmadi. Norvegiya hamon etakchilik qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar