Kremlda Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols o`rtasida muzokara bo`lib o`tdi. Bu ikki rahbarning ilk shaxsiy uchrashuvidir.
Rossiya prezidentining so`zlariga ko`ra, G`arb Moskvaning asosiy xavfsizlik talablarini e`tiborsiz qoldirgan, shunga qaramay, Rossiya Evropada yangi harbiy mojaroning oldini olish uchun alohida masalalar bo`yicha muzokaralar olib borishga tayyor ekanini aytgan Putin.
"Biz urush xohlaymizmi? Albatta yo`q. Shuning uchun muzokaralar jarayoni bo`yicha takliflarni ilgari surdik", - dedi Vladimir Putin.
Germaniya hukumati rahbari keskinlikni pasaytirish tarafdori ekanligi, shuningdek, Ukrainaning hududiy yaxlitligini muhokama qilib bo`lmasligini ta`kidlaydi.
"Mening avlodim uchun Evropada yangi urushni tasavvur qilib bo`lmaydi, biz uni oldini olish uchun barcha sa`y-harakatlarimizni qilishimiz kerak. Davlat rahbarlari, hukumat rahbarlarining vazifasi Evropada urushning oldini olishdir", - deydi Olaf Shols.






