Kuni kecha Toshkent davlat texnika universitetida erkak o`zini beshinchi qavatdan tashlashga uringani haqida xabar bergan edik. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ushbu holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. Unga ko`ra, Toshkent davlat texnika universitetining beshinchi qavatidan o`zini tashlamoqchi bo`lgan fuqaro universitetga aloqasi yo`q.
"Bugun soat 11:50 larda Toshkent davlat texnika universitetining rekonstruksiya ishlari yakunlanayotgan A-blokida qurilish tashkilotining yollanma ishchisi binoning tom qismiga chiqib, bajargan ishlari evaziga ish xaqini olmaganligi uchun mas`ullarga shart qo`ygan.
Ushbu holat bo`yicha qurilish tashkiloti rahbarlari, IIB xodimlariga zudlik bilan xabar berilgan. Shundan so`ng fuqaro bilan gaplashilib, unga qurilish tashkiloti tomonidan ish haqi to`lab berilishi ta`minlangan. Universitet ma`muriyati fuqaroni oliy ta`lim muassasasiga aloqasi yo`qligi va universitet xodimi emasligini ma`lum qildi",– deyiladi rasmiy axborotda.






